Changalzorlar afsonasi
Changalzorlar afsonasi (The Jungle Book) 19 toʻliq metrajli Disney animatsion filmidir. 1967-yilda ekranlarga chiqarilgan. Rudyard Kipling'ning 1894-yilda yozilgan Jungli kitobi nomli hikoyalar toʻplamiga asoslangan. Walt Disney Productions tomonidan ishlangan va Buena Vista Distribution tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Wolfgang Reitherman, produseri — Walt Disney, hikoyachilar esa Larry Clemmons, Ralph Wright, Ken Anderson va Vance Gerry'dir. Filmda bosh qahramonlarga Phil Harris, Sebastian Cabot, George Sanders, Sterling Holloway, John Abbott, Louis Prima va Bruce Reitherman ovoz bergan.
Filmning davomi Changalzorlar afsonasi: 2-kitob 2003-yilda chiqarilgan.
Mazmuni
Hindiston oʻrmonlarida Bagheera ismli qora pantera Mawgli ismli yosh yetim bolani savat ichida topib oladi va uni darhol koʻp bolali ona boʻri Raksha'ga olib boradi. Raksha va uning turmush oʻrtogʻi Rama Mowgli'ni oʻz bolalari bilan birga tarbiyalaydi. Oʻn yildan soʻng Mowgli oʻrmon hayoti bilan yaxshi tanishib olib, boʻri aka-ukalari bilan oʻynab yuradi. Bagheera Mowgli'ning hozir qanchalik baxtli ekanligidan mamnun boʻlsa-da, bir kun kelib odamlar yoniga qaytishi kerakligini oʻylab xavotirlanadi.
Ovoz berganlar
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org