Changal
Tirnoq , changal — barmoqlarni himoya qiluvchi shoxsimon tuzilma. Odam, maymun va chala maymunlar barmoqlari uchida hosil boʻladi. T. barmoq bolishi ustidan chiqqan erkin qism, tana va iddizdan iborat. T. oʻrnining ildiz va chuqurcha bilan qoplangan qismi matritsa deyiladi, shu matritsa hujayralarining koʻpayishi tufayli T. uchiga qarab astasekin oʻsib boradi. T. bir kechakunduzda oʻrta hisobda 0,1—0,2 mm oʻsadi; taxminan 100 kunda toʻliq yangilanadi. T. oʻsishi kishining yoshi, jinsi, organizmning umumiy holati va boshqa omillarga bogʻliq, mas., bolalar tirnogʻi kattalarnikiga nisbatan tezrok, yoki qishda yozdagidan sekinroq oʻsadi. Tirnoq 10–15 mm, eni 10–17 mm, qalinligi 0,30—0,37 mm, ayollarda kichikroq va yupqaroq boʻladi. Sogʻlom kishining tirnogʻi bir oz boʻrtib chiqqan, silliq, tiniq va rangeizdir.
Suvda va quruqlikda yashovchilar tirnogʻi epidermis shoxeimon qavatining qalinlashuvidan hosil boʻladi. Chin T. koʻpchilik sudralib yuruvchilarga, barcha qushlarga va talaygina sut emizuvchilarga xos. T. harakatlanishda yordam beradi, shuningdek, himoya va hujum organidir. Ayrim sut emizuvchilar (mas., otlar)da koʻrinishi oʻzgargan T. — tuyoq bor.
T. kasalliklariga kislota, ishqor taʼsiri, shikastlanish, infeksiya (bakteriya, zamburutlar) va boshqa sabab boʻladi. Onixiya va T.ni oʻrab turgan toʻqimaning yalligʻlanishi — paronixiya koʻproquchraydi. Paronixiya T. atrofida paydo boʻlgan "sochiq"lar, moddalar almashinuvi kasalliklari, mas., qandli diabet, shikastlanishlar okibatida kelib chiqadi. Turli kasalliklarda T.ning rangi oʻzgarib, moʻrt, uvalanuvchan boʻlib qoladi. Trixofitiya, mikrosporiya, epidermofitiya, kandidoz, kal zamburugʻlari T.ning zamburugʻ kasalliklarini vujudga keltirishi mumkin. Surunkali infeksion kasalliklar — sil, moxov; teri kasalliklari — psoriaz, ekzema, nafas yoʻli (bronxoektaziya), yuraktomir, ichki sekretsiya va nerv sistemasi kasalliklarida ham T. da oʻzgarishlar kuzatiladi. Poyabzal tor boʻlib, oyoq barmoklarini qisishi, T.larning zarbdan shikastlanishi oqibatida T. ichga usadi, bunda T. bolishi yalligʻlanadi. T.da oʻzgarishlar roʻy berganda mutaxassis vrachga uchrashish lozim.
uz.wikipedia.org