CHANG DONACHALARI, chang zarralari (palinologiyard) — gullardagi changdonlarda hosil bo’ladigan donachalar. Mikrosporangiyda mikrosporadan rivojlanadi. Chang donachalari urug’kurtak kamerasiga (ochiq urug’lilarda) yoki urug’chi tumshuqchasiga (yopiq urug’lilarda) tushib, uni changlantiradi. Chang donachalarining tashqi (ekzina) va ichki (intina) pardalari bor. Ochiq urug’lilarda Chang donachalari changlanguncha bir necha tirik hujayralardan, shu jumladan, vegetativ va generativ hujayralardan iborat bo’ladi. Bulardan birinchisi chang kamerasida chang naychasi (gaustor)ni, ikkinchisi esa urug’lanishda qatnashadigan ikkita erkak jinsiy xujayra — gametalarni hosil qiladi. Usimlikning turiga qarab Chang donachalarining shakli va kattaligi turlicha. Ko’pchilik urug’li o’simliklar (monadalar)da chang donachalari, odatda, ko’p bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish