Chandrika Kumaratunga




Kumaratunga Chandrika xonim (1945.29.6, Kolombo) — Shri Lanka davlat arbobi. Sorbonna universitetini tugatgan. Siyosiy fanlar doktori. 1972—76 yillarda Yer islohoti komissiyasi direktori va bosh direktori, 1976—77 yillarda yoshlarni uy-joy bilan taʼminlash komissiyasi raisi, 1977—79 yillarda BMT oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashqilotining Shri Lankadagi vakolatxonasi mutaxassisi. 1993 yildan Gʻarbiy viloyat hukumati boshligʻi, soʻng Shri Lanka Demokratik Sotsialistok Respublikasi bosh vaziri, 1994 yil oktyabrdan prezidenti.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz