CHANDRASEKAR (CHANDRASEKHAR) SUBRAXMANYAN



CHANDRASEKAR (CHANDRASEKHAR) SUBRAXMANYAN (1910.18.10, Lahur, Hindiston — 1995) — amerikalik fizik va astrofizik; millati hind. London Qirollik jamiyati a’zosi (1944), Amerika fan va san’at akademiyasi, AQSh milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. Madras universitetini tugatgan (1930). Kembrij universitetida ishlagan (193336). 1936 yil AQSh ga ko’chib o’tgan (1953 yildan AQSh fuqarosi) va 1937 yildan yerk rasadxonasida, Chikago universitetida (1942 yildan professor) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari yudduzlar tuzilishi, yulduzlar atmosferasi va dinamikasini tadqiq qilishga, matematik fizika (stoxastik jarayonlar nazariyasi) ga oid. Oq mitti yulduzlar nazariyasini yarattan va ularning maksimal massasi (Chandrasekar chegarasi) ni, yulduz izotermik yadrosining massasi (Shenberg — Chandrasekar chegarasi) ni topgan. Nurlanishdan uzatilish nazariyasida, yulduzlar dinamikasida, magnit gidrodinamikasida, muvozanatli figuralar va qora tuynuklar nazariyasida fundamental natijalar olgan. Nobel mukofoti laureati (1983; U. Fauler bilan hamkorlikda).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz