CHANDIR — turkiy qabila. 8-9- asrlarda Sirdaryoning o’rta va quyi oqimida, Orol dengizining Janubdagi cho’llarda yashovchi o’g’uzlar tarkibida bo’lganlar. Keyinchalik Chandirlarning bir qismi Movarounnahrga o’tib, o’zbeklar va turkmanlar bilan aralash yashab, ular tarkibiga singib ketgan. Ayrim guruhlari o’g’uzlar tarkibida Ozarbayjonda o’rnashib qolgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Chandirlarning ayrim guruhlari o’troq hayot kechirib, asosan, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan. 1924 yildagi ma’lumotlarga ko’ra, Chandir jami 3425 kishini tashkil etgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish