CHANCHUN
CHANCHUN — Xitoyning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar, Itunxe daryosi bo’yida. Girin provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 6,9 million kishi (1999). Transport yo’llari chorrahasi. Mashinasozlikning yirik markazi (transport vositalari, asosan, avtomobillar, stanoklar, radiotexnika, optik priborlar ishlab chiqarish, radioelektronika). Kimyo (shina, plastmassa, o’g’itlar, dorilar ishlab chiqarish), to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Fanlar Akademiyasi filiali, universitet bor. Shaharga 19-asr boshlarida asos solingan. 1897— 1903 yillarda Xitoy-sharqiy temir yo’lning kurilishi bilan yirik savdo-sanoat markaziga aylandi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz