Chance the Rapper




Chancelor Johnathan Bennett  — (1993-yil 16-aprelda tugʻilgan), professional Chance the Rapper taxallusi bilan tanilgan, amerikalik reper, qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va prodyuser. Chikagoda tugʻilib oʻsgan Bennett 2012-yilda oʻzining „10 Day“ debyut miksteypini chiqardi. U 2013-yilda oʻzining ikkinchi miksteypi „Acid Rap“ni chiqarganidan soʻng tanila boshladi. Keyinchalik u 2016-yilda o‘zining uchinchi miksteypi „Coloring Book“ni chiqardi va u tanqidchilar tomonidan eʼtirof etildi. Bu unga uchta Grammy mukofotini, jumladan, eng yaxshi rep albomi mukofotini taqdim etdi, bu uning Grammy mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi striming albomi boʻldi va Billboard 200da sakkizinchi oʻrinni egalladi. Uning debyut studiya albomi „The Big Day“ 2019-yilda chiqdi.

Yakkaxon karyerasidan tashqari, Bennett Chikagodagi Savemoney guruhining aʼzosi va „The Social Experiment“ guruhining vokalisti. 2015-yilda karnaychi Niko Segal boshchiligidagi „Surf“ albomini chiqardilar. U oʻzi istiqomat qiladigan Chikagoda ijtimoiy faollik jamoasini tuzgan.

Karyera boshlanishi



Johnathan Bennett oʻrta maktabda uning baʼzi oʻqituvchilari uning musiqachi boʻlishga intilishlarini masxara qilishgan. 2011-yil boshida, marixuana saqlaganligi uchun 10 kun kampusda yashashga majbur boʻlgan, shu sababli Bennet 2011-yil boshida oʻzining birinchi loyihasini, „10 Day“ (10 kun) miksteypini yozdi. 2011-yil dekabr oyida u „Windows“ nomli qoʻshigʻini chiqardi va oʻzining „10 day“ loyihasini omma oldida eʼlon qildi. 2012-yil fevral oyida Bennett Complex jurnalining „10 New Chicago Rappers to Watch Out For“ (Eʼtibor qilish kerak boʻlgan 10 ta yangi Chikago rapperi) roʻyxatidan joy egallagan. Bennet miksteypni 2012-yil 3-aprelda chiqardi va shu vaqtdan beri u „DatPiff“ sayti orqali 500 000 martadan ortiq yuklab olindi. Miksteyp mahalliy aholi tomonidan yaxshi qabul qilindi. Miksteyp ham Forbes jurnalining eʼtiborini tortdi, u nashrning „Cheap Tunes“ ruknida aks ettirilgan.

Diskografiya




Filmografiya



Filmlar




Qisqa filmlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz