Chamaeleonidae
Xameleonlar , buqalamunlar (Chamaeleonidae) — kaltakesaklar oilasiga mansub sudralib yuruvchilar. Tili uzun boʻlib, ancha uzoqdagi oʻljani ham ushlab olish xususiyatiga ega. Rangi tashqi omillar (harorat va yorugʻlik) taʼsirida tez oʻzgaradi.
[[1]]
90 turi maʼlum. Afrika, Madagaskar o. va shu atrofdagi boshqa orollarda hamda Janubiy Yevropa, Gʻarbiy va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Tanasi 60 sm cha. Boʻyni kalta, uzun dumi spiralsimon oʻraladi. Oyokdari uzun, besh barmokli, barmoqdari 2—3 tadan guruh boʻlib teri gʻilof ichida joylashgan. Tanasi shoxeimon tangachalar va teri oʻsiqchalar bilan qoplangan. Koʻz qovoklari rivojlangan (koʻzlari bir-biridan mustaqil ravishda harakatlana oladi). Koʻpchilik X. oʻpkasida xaltasimon oʻsikdari boʻladi. Xavf sezganda koʻp havo yutadi va tana shakli oʻzgarib, qoʻrqinchli tuye oladi. Rangi yorugʻlik, temperatura va boshqa taʼsirida tez oʻzgaradi (nomi shundan). Daraxt va butalarda soatlab oʻljasini poylab, kimirlamay oʻtiradi. Uzun tilini oʻljasiga otib, yopishtirib oladi. Hasharotlar bilan, yirik turlari mayda qushlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Koʻpchiligi tuxum qoʻyib (bir yoʻla 35 tagacha), ayrimlari tirik (14 tagacha bola) tugʻib koʻpayadi.
uz.wikipedia.org