CHALATISHLILAR
CHALATISHLILAR (Edentata) yo’ldoshli sut emizuvchilar turkumi. Uzunligi 12 santimetrdan 1,2 metrgacha. Oddingi oyoqlarining 2 yoki 3 ta barmog’i boshqalariga nisbatan yirikroq bo’lib, kuchli tirnoqlari bor. Tishlarida emal va ildiz bo’lmaydi, doim o’sib turadi; oziq va yirtqich tishlari rivojlanmagan (nomi shundan). Yo’ldoshi sodda, 3 oilasi (chumolixo’rlar, yalqovlar, sovutlilar) bor. Janub, Markaziy va shimoliy Amerikada tarqalgan. Yer ustida, daraxtlarda yashaydi. O’simlik va hasharotlar bilan oziqlanadi. Ko’pchilik turlarining go’shti iste’mol qilinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz