CHALA TUG’ILGAN BOLA



CHALA TUG’ILGAN BOLA — homiladorlik muddati tugamay (homiladorlikning 29-haftasi bilan 38-haftasi o’rtasida) tug’ilgan bola. Vazni 1000 grammdan 2500 grammgacha, bo’yi 45 santimetr atrofida bo’ladi. Chala tug’ilgan bola normal rivojlangan bo’lsa ham o’zi mustaqil ema olmaydi, shuning uchun uni alohida parvarish qilish talab etiladi. Chala tug’ilgan bola hayotining dastlabki haftasida ko’rsatiladigan samarali parvarish faqat kasalxonaning maxsus bo’limlarida vrach nazorati ostida olib boriladi. Chala tug’ilgan bola ko’rinishi, a’zo va sistemalarining rivojlanishiga ko’ra normal tug’ilgan boladan ajralib turadi. Chala tug’ilgan bola juda ko’p uxlaydi, yig’isi zo’rg’a eshitiladi. Terisi yupqa, quruq, ko’pincha och pushti yoki qizg’ish bo’lib, bujmayib turadi. Tanasi mayin tuk bilan qoplangan, teri osti yog’qatlami ancha zaif; oyog’i tanasiga nisbatan kaltaga o’xshab ko’rinadi; boshi katta, quloq suprasi yumshoq, boshiga yopishganroq bo’ladi. Ichki a’zolari rivojlangan, lekin funktsional jihatdan ancha zaif; yuqori nafas yo’llari nozik bo’lib; ko’krak qafasi nafas olishida kam qatnashadi. Nafas olishi tez va notekis, yuzaki, pulsi sust, qon yaratish sistemasi yaxshi rivojlanmagan. Me’da-ichak sistemasi nomukammalligi sababli ich kelishi turg’un bo’lmaydi (ko’pincha yashil bo’ladi). Buyrak funktsiyalari ham sust rivojlangan; qiz bolalarda jinsiy teshik sal ochiq, o’g’il bolalarda esa moyak hali yorg’oqqa tushmagan bo’lishi mumkin. Chala tug’ilgan bolaning nerv sistemasi ham funktsional jihatdan yaxshi etilmagan bo’lib, uning organizmi Trani bir me’yorda ushlab tura olmaydi (tez qizib yoki sovib ketadi). Chala tug’ilgan bola jismoniy rivojlanishining (hayotining birinchi yilida) o’ziga xos xususiyati bor. Bunday bolalar vazni bir oyda normal tug’ilgan bolalarnikiga nisbatan juda kam, lekin normal tug’ilgan bolalarga qaraganda keyingi oylarda tez o’sib, vazni ham tez ortadi. Bola qancha kam vazn bilan tug’ilgan bo’lsa, vazni shunchalik tez ortadi. Chala tug’ilgan bola organizmning funktsional jihatdan yetilmaganligi, unga, ayniqsa, birinchi oy davomida birmuncha qulay sharoit yaratib, yaxshilab parvarish qilishni taqozo etadi, uni tra, yorug’lik, tovush va boshqa ta’sirotlardan saklash, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish zarur. Vazni 2000 dan 2500 grmmgacha bo’lgan Chala tug’ilgan bolaga ahvoli va uy sharoitiga qarab vrach ruxsati bilan tug’ruqxonadan uyga javob beriladi. Vazni kam bo’lib tug’ilgan bola maxsus statsionar sharoitida parvarish qilinadi. Vazni 1500 grammdan kam bo’lib tug’ilgan bolalar ma’lum trali, havosi nam va kislorodi bor kamera — kuvezlart bokiladi. Ba’zan vazni to’liq bolalar ham (gavda trmperaturasini bir me’yorda ushlay olmasa) kuvezlarda parvarish qilinadi. Bolaning vazni 2500 grammga yetgandagina uyga javob beriladi. Uy sharoitida Chala tug’ilgan bola yotgan xonaning temperaturasi 25° bo’lishi lozim. Bolaning boshini balandroq qilib yotqizish kerak, siqib yo’rgaklash yaramaydi. Bolaga issiq yumshoq ich kiyim kiygizib, paxmoq adyolga o’rab qo’yish maqsadga muvofiq (qo’llarini ham). Boshiga qalpoqcha kiygizib, yuzi ochiq qoldiriladi. Agar go’dak tez sovib ketsa, uning atrofiga va oyog’iga sochiqqa o’ralgan grelkalarni taxminan 10 santimetr yiroqroqqa qo’yiladi (suvining temperaturasi 65° bo’lishi kerak). Bola isib ketsa, yuzi qizarib, gavda trasi ko’tarilib, bezovta bo’la boshlaydi. Bunda grelkalar sonini kamaytirish yoki hammasini olib qo’yish, zarur bo’lsa, bir necha minutga 1-2 sidra kiyimini yechish lozim. Agar u sovib ketsa, terisi oqarib, ko’kish tusga kiradi va muzdek bo’ladi, bolaning o’zi esa bo’shashib qoladi. Bunda uni issiq adyolga o’rash yoki issiq vannaga (36-37°) solish (5-7 minut) va yana atrofiga issiq grelkalar qo’yish lozim. Isib yoki sovib ketishning oldini olish uchun grelkadagi suv trasini termometr bilan teztez o’lchab turish kerak. Chala tug’ilgan bola faqat ona suti bilan boqilsa, yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Ularda emish refleksi (ba’zilarida yutish refleksi ham) sust yoki umuman bo’lmaydi, dastlabki kunlari bola zond orqali (kuniga 10 marta), keyinchalik so’rg’ich orqali emiziladi, astasekin ko’krakdan emishga o’rgatiladi. Chala tug’ilgan bola xuddi normal tug’ilgan bolalar kabi cho’miltiriladi. Vazni 1500 grammdan kam bo’lgan bolalarni tug’ilganidan 3 hafta keyin, vazni 1500 grammdan ortiq bolalar esa tug’ilganidan 10-15 kun o’tgach cho’miltiriladi. Sof havoda sayr qildirish Chala tug’ilgan bolaning o’sishi va rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bu muolaja vazni 2500 grammdan ortiq bolalar uchun tavsiya etiladi. Qishda esa vazni 3000 grammdan ortiq bolalarnigina ochiq havoda sayr qildirishga ruxsat beriladi. Pekin bunda juda ehtiyot bo’lish kerak. Chala tug’ilishning oldini olishni homiladorlikka qadar boshlash, ayollar o’zida mavjud kasalliklarini o’z vaqtida davolatishlari, shaxsiy va jinsiy gigienaga qatiy rioya qilishlari zarur. Homiladorlikning birinchi belgilari paydo bo’lishi bilan ayollar kerakli maslahatlar olish uchun vrachga ko’rinishlari lozim. Homilador ayol to’g’ri ovqatlanishi, spirtli ichimliklar iste’mol qilmasligi, chekmasligi lozim. Homiladorlik toksikozlari paydo bo’lishi bilan vrachga murojaat etishi kerak.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz