Chala mo`ylovlilar




Traxeyalilar , traxeya bilan nafas oluvchilar, chala moʻylovlilar (Tracheata, Atelocerata) — quruqlikda yoki ikkilamchi suvda yashovchi boʻgʻimoyoqlilar kenja tipi. Birlamchi quruqlikda yashashga oʻtgan halqali chuvalchanglarga oʻxshash ajdodlardan kelib chiqqan. Quruqlikda yashashga oʻtgan T. da evolyutsiya natijasida bosh boʻlimi ajralib chiqqan; tana boʻgʻimlari va oyoklari ixtisoslashgan; ular soni doimiy boʻlib qolgan. T. boshi tanadan aniq ajralib turadi; moʻylovlari bir juft (antennulalar gomologi); 2juft antennasi boʻlmaydi. Traxeya, baʼzan teri yoki traxeyajabralar (tana devori oʻsimtalari orqali) nafas oladi. T. kenja tipi koʻp oyoklilar va hasharotlar sinflariga ajratiladi.



uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz