CHALA MAYMUNLAR



CHALA MAYMUNLAR (Prosimii) maymunlar kenja turkumi. Tuzilishi va gavda o’lchami har xil. Ko’pchiligining keyingi oyokdari oddingilariga nisbatan uzun. Juni qalin, yumshoq. Ko’z kosalari birbiridan uzoqroqda joylashgan. Burun teshigi burnining uchki qismiga vergulsimon ochiladi (uzun tovonlardan tashqari). Sut bezlari so’rg’ichlari 1-3 juft, tishlari 18-38 ta. Miyasi burmalari nisbatan kam. 6 oila 52 turi mavjud. Tropik Afrika (lorisimonlar), Madagaskar oroli (lemurlar, indriysimonlar, qo’loyokdilar), Osiyo va Malayziya arxipelagida (tupayyasimonlar, lorisimonlar, uzuntovonlar) uchraydi; tungi yoki shomgi, kunduzgi hayvonlar. Ko’pchiligi daraxtda kichik guruh bo’lib, juft yoki yakka holda yashaydi. Hammaxo’r, bo’gozlik davri 2— 5 oy, 1-4 (ko’pincha 1) ta bola tug’adi. Lemursimonlar va lorisimonlar tutqinlikda ham ko’paya oladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz