CHALA CHO’L ZONALARI
CHALA CHO’L ZONALARI – chala cho’l landshafti ustun bo’lgan qurukdiqsagi tabiat zonalari. Shimol va Janubiy yarim sharlarning mo’tadil, subtropik va tropik mintaqalarida cho’llar bilan dasht va savannalar orasida joylashgan. Iqlimi quruq. Chala cho’l zonalarining katta qismida havo temperaturasi qishda 0-10°, yozda 25-25° bo’ladi. Yog’ingarchilikka (300 millimetrdan oshmaydi) nisbatan mumkin bo’lgan bug’lanish 3-6 barobar ko’p; Daryo juda kam, odatda mavsumiy. Tuproqlari och kashtan, qo’ng’ir, bo’ztuproq, chirindisi kam (2— 4%), sho’rlangan yer ko’p. O’simliklari shuvoq, sho’ralar, chim hosil qiladigan boshoqlilar, namgarchilik tanqisligiga moslashgan past bo’yli chala butalardan iborat. Hayvonlardan cho’l, dasht va tog’oldi faunasi, ya’ni kemiruvchilar (yumronqoziq, qo’shoyoq, olaxurjun), sudralib yuruvchilar (toshbaqa, ilonlar) va boshqalarlar yashaydi. Chala cho’l zonalarining katta qismidan yaylov chorvachiligida foydalaniladi, ko’p qismi o’zlashtirilib, g’alla ekiladigan yerlarga aylantirilgan. Subtropik mintaqalarning Chala cho’l zonalari Eron tog’ligi, G’arbiy Osiyo, shimoliy Afrika, Qoyali tog’larning yon bag’irlari, tropik mintaqalarda Sahroi Kabirning Janubda, tar tekisligida, Atakama cho’lining shim. qismi, shuningdek, tropik mintaqa tog’larining quyi qismlarida, mo’tadil mintaqada Yevrosiyo materigining ichki qismida — g’arbda Kaspiy bo’yi pastgekisligidan sharqda Ordos platosining Sharqiy chekkasigacha bo’lgan hududlarda joylashgan. O’zbekistonda tog’oddi qirlari va adirlar balandlik Chala cho’l zonalari mintaqasiga kiradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz