Chako burguti




Chako burguti  – toj kiygan yolgʻiz burgut nomi bilan tanilgan. U Janubiy Amerikaning sharqiy va markaziy qismida yoqolib ketish xavfi ostidagi yirtqich qushlardan. Kamyobligi sababli u haqida koʻp maʼlumot aniq emas.

Tasnifi



Chako burguti katta va yirtqich qush boʻlib, tanasidagi patlari toʻq kulrang tusda boʻladi. Kalta qora dumi keng va qora, koʻkrak va oyoqlari sariq rangda. Dumida oq medial tasmasimon chiziq bor. Voyaga yetmagan burgutda boshi va tanasining tagida kulrang chiziqlari bor . U Neotropikada eng katta yirtqich qushlardan boʻlib, ogʻirligi 2.95 kg keladi. Uzunligi 73-79 sm, qanotlari kengligi 170-183 smga boradi.

Taksonomiyasi




Chako burguti Buteogallus coronatusga mansub monotipik tur hisoblanadi. Vieillot uni birinchi marta 1817-yilda Harpyia coronata deb nomlagan. Keyinchalik yana qayta nomlanib, harpyhaliatus coronatus deb oʻzgartirilgan. Shu vaqtgacha yakka burgut harpyhaliatus coronatusning kichik turi hisoblangan. Dnkning filogenetik tahlillarida ular qardosh ekanligi aniqlangan. Burgutlarni koʻpincha yolgʻiz holda yoki uchta kichik guruhlarda koʻrish mumkin.

Yashash joyi va tarqalishi



Tarqalishi

Chako burguti oʻtroq qush boʻlib, uni Janubiy Amerikaning sharqiy va markaziy qismlarida uchratish mumkin. Uning hududi Braziliyaning janubiy va markaziy qismida, Boliviya, Paragvayda joylashgan va Argentinaning shimoliy qismigacha choʻzilgan. U mahalliy aholi va tadqiqotchilar tomonidan oʻn yillardan beri koʻrilmagan va yoqolib ketgan deb tahmin qilinagan. Tarqalgan hududining koʻp qismlarida yoq qilib yuborilgan, boshqa joylarda esa juda kam zichlikda tarqalgan. Natijada qush Neotropik mintaqadagi eng kam uchraydigan qush deb topilgan va yoqolib ketish havfi ostida qolgan. Soni boʻyicha 250-999 ta yetuk individ qushlar qolgan boʻlib, turlar boʻyicha umumiy soni 375-1499 taga yetadi.

Yashash joyi



Chako burgutini koʻproq savannalar, botqoqliklar, ochiq oʻrmon hududlarida uchratish mumkin. Ularning yashash joyi uchun daraxtlarning ahamiyati katta. Chunki bu qushlar baland daraxtlar shoxiga in qurib, tunaydi.

Tahdidlar




Chako burgutining yoqolib ketish havfi ostida qolishi inson omili bilan bogʻliq deb hisoblanadi. Odamlar tomonidan oʻrmonlarning qirqilishi, yashash joylarining buzilishi, ovchilik faoliyatining koʻpayishi, ustunlarda elektr tok manbalari oʻrnatilishi bu qushning populyatsiyalariga salbiy taʼsir qilgan. Asosan burgutlar chorva mollariga hujum qilishi sababli oʻldirilgan. 1999—2014-yillarda chorva mollariga hujumi sabab otib tashlanib, 30 ta chako burguti reabilizatsiyaga olib kelingan. Bu hodisa tabiatni muhofaza qilish jamiyatining eʼtiborini tortgan va Argentinada Chako burgutlari milliy muhofazaga olingan.

Alohida hususiyati

Chako burgutini 2 km uzoqlikdan kuchli va shiddatli hushtaksimon ovozi orqali tanib olish mumkin.

Oziqlanishi



Chako burguti ovlaydigan hayvonlar orasida kalamushlar, kichik va oʻrta boʻyli sutemizuvchi havonlar asosiy oʻrinni agallaydi. Ulardan tashqari quyonlar, ilon, toshbaqa, kaltakesak kabi sudralib yuruvchilar bilan ham oziqlanadi. Ilonlarni ovlashda qoʻl keladigan kuchli panjalari ularni ilon chaqishidan himoya qiladi va ilonlarni boshidan ushlab olishga imkon beradi. Bu qush koʻpincha oʻljalarini oʻldiradi yoki chalajon qilib tashlab ketadi.


Koʻpayishi



Tojli yakka burgut yagona tur hisoblandi. U avgust-oktabr oylarida uyasiga kulrang dogʻli oq tuxum qoʻyadi. Uyasini yerdan 10-13 metr balandlikda daraxtlar ustida yasaydi. Daraxt boʻlmagan hududlarda esa binolarda uyasini qurishi ham aniqlangan. Tuxumlari 45 kunda yorib chiqadi. Erkagi oziqa topish va urgʻochisi tuxumlarni qoʻriqlash bilan shugʻullanadi. Bolalari yorib chiqqach, uyasida 65-70 kun qoladi. Tahminlarga koʻra 3-5 yoshda voyaga yetadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz