Chakin Cho'r Bilga




Chakin Choʻr Bilga - 8 asr boshlarida Panch (Panjikent)ni boshqargan turkiy hokim.

Uning ismi Mugʻ togʻidan topilgan 8-asrga taalluqli sugʻdiy xujjatlar orasida uchraydi. Tadqiqotchilar Chakin uning ismi boʻlib, turkiy choʻr unvoniga ega boʻlganligi, Bilga (qad. turkcha "dono") soʻzi esa epiteta (sifat) boʻlganini taʼkidlaydilar. Bu paytda Panjikent Turk xoqonligi tarkibiga kiruvchi Sugʻd konfederatsiyasiga taalluqdi boʻlib, Samarqanddan keyingi oʻrinda turgan. Ch.Ch.B. tomondan zarb kiddirilgan tangalarda "Panch hukmdori podsho Bilga" jumlalari uchraydi. Panjikentda 7-asrning 1choragida, yaʼni Devashtich hukmronligi davrida chiqarilgan tangalarda "Panch malikasi Nana" shaklida ayol hukmdorning ismi va unvoni aks etgan. Mazkur tangalardagi tamgʻa shakli Ch.Ch. B.ga oid tangalardagi tamgʻa bilan deyarli bir xil. O.I. Smirnova, bu yerda zarb qilingan tangalardagi belgilarga asoslanib, bir asrga yaqin xukm surgan Panjikent hukmdorlari sulolasining kelib chiqishini Sirdaryo (Shosh vohasi) atrofidagi turkiy hokim urugʻlardan birortasi bilan aloqador 3 boʻlsa kerak, deb yozadi.

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz