CHAKIN CHO’R BILGA



CHAKIN CHO’R BILGA – Panch (Pan jikent) hokimi. Uning ismi Mug’ tog’idan topilgan 8-asrga taalluqli sug’diy hujjatlar orasida uchraydi. Tadqiqotchilar Chakin uning ismi bo’lib, turkiy cho’r unvoniga ega bo’lganligi, Bilga (qadimgi turkcha “dono”) so’zi esa Epiteta (sifat) bo’lganini ta’kidlaydilar. Bu paytda Panjikent Turk xoqonligi tarkibiga kiruvchi Sug’d konfederatsiyasiga taalluqli bo’lib, Samarqanddan keyingi o’rinda turgan. Chakin Cho’r Bilga tomondan zarb qildirilgan tangalarda “Panch hukmdori podsho Bilga” jumlalari uchraydi. Panjikentda 7-asrning 1-choragida, ya’ni Devashtich hukmronligi davrida chiqarilgan tangalarda “Panch malikasi Nana” shaklida ayol hukmdorning ismi va unvoni aks etgan. Mazkur tangalardagi tamg’a shakli Chakin Cho’r Bilgaga oid tangalardagi tamg’a bilan deyarli bir xil. O.I. Smirnova, bu yerda zarb qilingan tangalardagi belgilarga asoslanib, bir asrga yaqin xukm surgan Panjikent hukmdorlari sulolasining kelib chiqishini Sirdaryo (Shosh vohasi) atrofidagi turkiy hokim urug’lardan birortasi bilan aloqador 3 bo’lsa kerak, deb yozadi. Ad.: Smirnova O.I., Katalog monet s goroditsha Pendjikent, M,, 1963; Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar (bir turkum Sug’d xujjatlarining o’zbek tiliga tarjimasi va izohlari), T., 1992.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz