Chakhansur tumani
Chaxonsur (forscha: چخانسور) — Afgʻonistonning Nimruz viloyatidagi tumanlardan biri. 2004-yil holatiga koʻra tumandagi aholi soni 11 165 nafarga yaqin. Bularga pushtun, tojik, baluj va hazora etnik guruhlar kiradi.
Iqtisodiyoti birinchi navbatda qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Sugʻorish uchun zarur boʻlgan suv vaqti-vaqti bilan qurib qoladigan Siston havzasining holatiga bogʻliq.
Afgʻonistonning bu hududi oʻrta asrlarda Ipak yoʻlidagi asosiy madaniy markazi boʻlgan. Ammo koʻpgina qadimiy inshootlar hozirda qum bilan qoplangan. Chaxonsur hududida tarixiy sugʻorish tizimlari, shu jumladan kanallar belgilari hamon koʻrinib turibadi. Boshqa joylarda esa kanallar loy bilan toʻlib qolgan va dehqonchilik dalalari qum bilan koʻmilgan. Bugungi kunda hududda nisbatan kam aholi yashaydi. Tumanda suvni nazorat qilish, davriy suv toshqini va qurgʻoqchilik bilan bogʻliq muammolar mavjud.
2004-yilda Chaxonsur dehqonlari qattiq va uzoq muddatli qurgʻoqchilikni boshidan kechirgan edi. Butunjahon oziq-ovqat dasturi yordam berganiga qaramay, 20 000 kishi suv va ish qidirish uchun uylarini tashlab ketishgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org