Chahormahol va Baxtiyoriy ustoni
Chahormahol va Baxtiyoriy ustoni — Eron platosi va Zagros togʻ tizmasining markaziy qismida, gʻarbiy togʻlar va Isfahon ustoni orasida joylashgan uston. Ushbu uston shimol va sharqdan Isfahon ustoni, janubdan Koʻhgiluya va Buyir-Ahmad ustoni, gʻarbdan Luriston ustoni bilan chegaradosh. Bu uston 7 ta tuman, 18 ta baxsh, 38 ta qishloq va 27 ta shahardan iborat.
Chahormahol va Baxtiyoriy ustoni daryo sathidan yuqoriroq joylashgan boʻlib, togʻ va vodiylardan iborat. Uston vodiylarida keng va yashil dalalar va bogʻlar parvarish etiladi. Bu ustonda Chagʻoxur, Sugalon, Gandumon, Dehnuv kabi suv havzalari mavjud.
Diqqatga sazovor joylari
Chahormahol va Baxtiyoriy ustonida Shayx Alixon sharsharasi, Kuhrang sharsharasi, Chol shutur qalʼasi kabi diqqatga sazovor joylar mavjud.
Koʻllari
Dehnuv koʻli, Chagʻoxur koʻli, Gandumon koʻli, Boz suv daryosi mavjud. Ulardan turli maqsadlarda foydajaniladi. Xususan, sugʻorish ishlarida yetarlicha foydalaniladi. Baʼzida aholi koʻngil ochar joy sifatida ham foydalanadilar.
Milliy bayramlari
Baxtiyoriylar bayramdan oldin oʻz oʻtov va chodirlarining oʻrnini oʻzgartiradilar. Ular bu yangi joy uchun soʻlim, yashil oʻtloqzorli joylarni tanlashadi. Bayram kechasi oʻz oʻtov va chodirlarida qoladilar. Ammo bayramning ilk kuni bayramona maxsus kiyimlar, lur bosh kiyimlarini kiyib bir-birlarini ziyorat qiladilar. Baxtiyoriylar Navroʻz ayyomida oldin qora aza libosini yechib tashlash kerak, deb eʼtiqod qiladilar. Aks holda esa neʼmat va baraka qoʻldan ketishi mumkin, deb oʻylaydilar.
Toʻy marosimi
Baxtiyoriylar, asosan, oʻzlaridan boshqa qabila bilan nikohlanmaydilar. Kamdan-kam hollarda baxtiyoriy erkaklar boshqa qabila ayolini nikohiga oladi va kamdan-kam holatlarda baxtiyoriy ayol boshqa qabilaga turmushga chiqadi. Ularning milliy raqslari oʻziga xos ahamiyatga ega boʻlib har biri oʻzining uzoq oʻtmishiga ega.
Musiqasi
Musiqa sanʼati Baxtiyoriy qabilasi tarixining eng ajralmas qismi hisoblanadi. Baxtiyoriylar milliy musiqa maqomlari „bayt“ nomi bilan mashhur. Baxtiyoriylar cholgʻu asboblari sodda koʻrinishga ega. Masalan, karnay, duxul, gʻijjak.
Manbalar
uz.wikipedia.org