Chag'ribek




Dovudbek , Chagʻribek (? -1061) - Marv va Xuroson hokimi (1037—61). Saljuqiylardan. Jand hokimi Mekoyilning oʻgʻli, Saljuqning nabirasi. D. otasi vafotidan soʻng amakisi Yobgʻu (Paygʻu) va akasi Toʻgʻrulbek bilan 985 y. somonishshr huzuriga kelib, Hyp qishlogʻi atrofida istiqomat qilgan. 1029 y. qoraxonishshrayan boʻlgan Buxoro hokimi Alitegin bilan saljuqiylar oʻrtasida nizo kelib chiqqan; Aliteginning farmoniga koʻra uning lashkarboshisi Alp qora (Saljuqning nabirasi) Yusufni oʻldirgan. Ilgari Aliteginning oʻzi Yusufni Inonch-Paygʻu unvoni bilan oʻzining xizmatidagi turklar ustidan rahbar qilib tayinlagandi, 1030 y. marhumning amakivachchalari Toʻgʻrul va D. qoʻzgʻolon qilib, Alp qora va uning 1000 jangchisini qatl etadilar. Alitegin farzandlari bilan ularga qarshi chiqqan, aholi ham ularni qoʻllab-quvvatlagan. Turkmanlar toʻla magʻlubiyatga uchrashgan, ularning mol-mulklari musodara qilingan, ayollari va bolalarining bir qismi asir olingan; noilojlikdan D. akasi bilan Xorazm hokimi Horun ibn Oltuntosh panohiga oʻtgan. Horun Masʼud Gʻaznaviy uyushtirgan fitna oqibatida oʻldirilgach (1035), D. akasi bilan Xuroson tomonga oʻtib ketgan. D. va Toʻgʻrulbek boshchiligidagi turkmanlar Masʼud Gʻaznaviy ustidan jangda gʻolib chiqqach, Nishopurda imzolangan shartnoma (1035)ga koʻra Toʻgʻrulbek Nisoga, Yobgʻu Faravaga va D. Dahistonga hukmdor (voliy) qilib tayinlandilar. Ularga dehkon unvoni va voliylik mansabiga munosib sovgʻalar berildi. 1037 yilda Marvda D. nomi bilan tanga zarb qilinadi. 1040 y. Dandanakon jangidan soʻng saljuqiylar Xurosonni, 1043 y. Xorazmni zabt etdilar. 1059 y. gʻaznaviylardan Ibrohimbek bilan D. oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, Balx D. qara-mogʻiga oʻtgan. D. vafotidan soʻng saljuqiylar davlatining Sharqiy qismiga uning oʻgʻli Alp Arslon hukmdor boʻlib qoldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz