Chag'illitepa




Chagʻillitepa — neolit davri makoni (mil. av. 5ming yillik). Joytun madaniyatiga oid yodgorliklardan biri. Turkmanistonning jan.da Kopetdogʻ tof oldi tekisligidagi Meana va Chaacha qishlokdari oraligʻida. 1962— 63 yillarda tekshirilgan. Ch. uchta madaniy qatlamdan iborat, yuqori qatlamda arxeologik materiallar sakdanib qolmagan. Oʻrta va quyi qatlamlarni qazish vaqtida bir xonali uylar va xoʻjalik xonalari ochilgan. Xonalardan rangli sopol idishlar, tosh qurollar (pichoq, qirgʻich, oʻroq va boshqalar) topilgan. Ch. aholisi dehqonchilik, chorvachilik va ovchilik bilan shutullangan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz