CHAG’ILLITEPA
CHAG’ILLITEPA — neolit davri makoni (miloddan avvalgi 5 ming yillik). Joytun madaniyatiga oid yodgorliklardan biri. Turkmanistonning Janubda Kopetdog’ tog’ oldi tekisligidagi Meana va Chaacha qishloqlari oralig’ida. 1962— 63 yillarda tekshirilgan. Chag’illitepa uchta madaniy qatlamdan iborat, yuqori qatlamda arxeologik materiallar sakdanib qolmagan. O’rta va quyi qatlamlarni qazish vaqtida bir xonali uylar va xo’jalik xonalari ochilgan. Xonalardan rangli sopol idishlar, tosh qurollar (pichoq, qirg’ich, o’roq va boshqalar) topilgan. Chag’illitepa aholisi dehqonchilik, chorvachilik va ovchilik bilan shug’ullangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz