Chag'andar




Chagʻandar soʻzi fors-tojik tilidan eski oʻzbek tiliga oʻtgan. Qadimgi turkiy yozma manbalarda uchramaydi. Alisher Navoiy asarlarida:
Borcha naxud oʻrniga durri xushob,
Reza chagʻandar yeriga laʼli nob.
(Hayrat ul-abror, 126)
shaklida keladi.

Eski tojik tilida



Eski tojik tili yozma manbalarida chugʻundar tarzida uchraydi. Hozirgi eroniy tillarda: fors tilida جغندر (chagʻondar, chogʻondor) — svelka, shaklida keladi.

Hozirgi tillarda



Hozirgi tojik, afgʻon va kurd tillarida bu formada qoʻllanmaydi. Hozirgi turkman tilida shugundir, hozirgi tatar tilida chogender, hozirgi ozarbayjon tilida chugʻundur, turkiy lugʻatlarda : جُغُنْدُر، جُكُنْدُر ، جُقُنُد ، جُنْدُر ، جوكوندير (Budagov , I ,1869 , 478) kabi variantlarda keladi.

Etimoni



Bu soʻzning etimoni haqida maʼlumotlar yoʻq. Uning chagʻandar-chugʻundar-chogʻondar-chogʻondor-shugʻundir-chugʻundur-chuqundor-chuqundur-chundur kabi koʻrinishlarida chagʻa-chugʻu-chogʻo-shugu-chuqu-chuku bosh morfemasi boʻlib, uning asosi shugʻa soʻziga borib bogʻlanadi. Chagʻandar damlangandan soʻng, uning poʻsti ham tanasidan tezda ajraladi. Mana shu xususiyati, uning chagʻa+ndar deb atalishiga asos boʻlgan. Bu soʻzning eng qadimgi koʻrinishi turkman tilida saqlanib qolgan.
Demak, chagʻandar soʻzi eski oʻzbek tiliga oʻtganu, oʻzlashib u tilning leksik qatlamidan doimiy oʻrin olmagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz