Ch3no2




Nitrometan , CH3NO2 — achchiq bo-dom qidi keladigan rangsiz suyuklik. Mol.m. 61,042. Suyuqlanish temperaturasi — 28,55°, kaynash temperaturasi 108,8°, zichligi 1,1371 g/sm3. Suvda oz eriydi, azeatrop aralashma hosil qiladi; organik erituvchilarda (alifatik uglevodorodlardan tashqari) yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalariga koʻra, N. — alifatik uglevodorodlarning yaqqol vakili. Sanoatda quyi alkanlarni (Mas, propan) 50— 70% li HNO3 bilan 400—700° da kimyoviy reaktorda destruktiv nitrolash nuli bilan olinadi. N. — efirsellyuloza loklari va smolalari uchun erituvchi, dizel yonilgʻilariga qoʻshimcha, bir komponentli raketa yonilgʻisi. Zaharli. Markaziy nerv sistemasini kuchli zaharlaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz