CH3COOCH=CH2




Vinilatsetat , CHCOOCH=CH — sirka kislotaning vinil efiri; rangsiz suyuqlik. Molar massasi 86,09, qaynash harorati 73°, zichligi 934,2 kg/m (20°da). Oddiy organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda eruvchanligi 2,0—2,4 %. Sanoatda vinilatsetat palladiy tuzlari ishtirokida, kislorodli muhitda sirka kislotaga etilen taʼsir ettirib olinadi. Polimerlash yoʻli bilan vinilatsetatdan plastmassa, lok, yelim va organik shisha tayyorlashda ishlatiladigan polivinilatsetat olinadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz