Celin Bizet Ildhusøy
Celin Bizet Ildhusøy (talaffuzi: Selin Bize Ildxusey; 2001-yil 24-oktyabrda tugʻilgan) — norvegiyalik profissional futbolchi, Angliya Premyer Ligasi vakili „Tottenham Hotspur“ klubi va Norvegiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Frogner i Sørumlik boʻlgan Celin Bizet Ildhusøy 2016-yilda uchinchi bosqichda Skedsmo bilan katta debyut qilishga erishdi. 2017-yilgi mavsum oldidan Bizet Vålerenga klubiga oʻtdi va u yerda 2017-yil aprel oyida „Avaldsnes“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Oʻzining birinchi golini 2018-yilning may oyida Grand Bodo klubiga qarshi oʻyinda urgan. 2019-yilda esa Greida uni qisqa muddatga ijaraga olgan. Vålerenga klubi bilan u 2017- va 2019-yillarda kubok finalida magʻlub boʻlgan. 2020-yilda dublni qoʻlga kiritishga erishdi.
2020-yilgi mavsumni yaxshi oʻtkazgandan soʻng, chet elga transfer haqida bir qancha taxminlar paydo boʻldi, biroq Celin Bizet Ildhusøy 2021-yilning yanvar oyida Vallerenga bilan yangi shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi. 2020-yilning kuzida Norvegiya terma jamoasi yigʻiniga ham chaqirilgan edi.
2021-yil iyul oyida Celin Bizet Ildhusøy fransuz futbolining yuqori ligasida Paris Saint-Germain klubi bilan shartnoma imzoladi.
2022-yilning 10-avgustida Paris Saint-Germainliklar Celin Bizet Ildhusøyni Angliya futbolining yuqori ligasida „Tottenham“ klubiga oʻtkazdi va 2025-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti
Celin Bizet Ildhusøy sobiq futbolchi Kjell Gunnar Ildhusøyning qizi.
Faoliyat statistikasi
Terma jamoa
15-iyul, 2022-yil[2]
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Norvegiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Celin Bizet Ildhusøyning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Yutuqlari
Vålerenga Paris Saint-Germain Manbalar
uz.wikipedia.org