Catiana Vitanza




Catiana S. „Cat“ Vitanza (1990-yil 2-oktabrda Los-Anjelesda, Kaliforniyada tugʻilgan) — amerikalik professional futbolchi. Hozirda u erkin agent hisoblanadi. U Italiya fuqaroligiga ham ega.

Yoshligi



Catiana oʻz faoliyatini AYSO, AYSO Allstars va Coast Soccer Premer-ligada oʻynashdan boshlagan. U Oak Park oʻrta maktabida (Kaliforniya) oʻqidi va ayollar Varsity futbol jamoasida oʻynadi.


Oʻyin faoliyati




ŽFK Mašinac PZP



Vitanza oʻzining professional faoliyatini Serbiyaning Nis shahrida 2007-yilda ŽFK Mašinac PZP Niš ayollar klubi bilan shartnoma imzolaganidan boshlagan. Klub bilan shartnoma imzolab, u Bolqonda oʻynagan birinchi ayol amerikalik futbolchi boʻlib (singlisi Arikka Vitanza bilan birga) tarixga kirdi. U Mashinac bilan 2006/2007-yilgi mavsumda oʻynadi va ligada ikkinchi oʻrinni egalladi. 2008-yilda Vitanza yana klub bilan shartnoma imzoladi va ularga Serbiya Prva Liga chempioni boʻlish hamda Serbiya Liga kubogini yutishda yordam berdi.

Torres Calcio Femminile



Vitanza Italiyaning Torres Kalsio Femminile klubi bilan A Seriya 2008/09 mavsumi uchun shartnoma imzoladi. U Torresga skudettoda ikkinchi oʻrinni egallashga yordam berdi va UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi 2009 - 2010-yilgi mavsumda da oʻz oʻrnini qoʻlga kiritdi. Vitanza shuningdek, Torresga Italiya ayollar kubogi va Supercoppa Italiana musobaqasida yordam berdi, ular finalda raqiblari ASD CF Bardolinoni magʻlub etishdi. Superkubok musobaqasidan soʻng Vitanza Torres bilan UEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etdi va unda ular Yevropaning turli mamlakatlarining chempion klublarini magʻlub etib, yakunda chorak final bosqichiga chiqdi.

Ajax America Women



2011/2012-yillarda Vitanza WPSLning Ajax America Women bilan shartnoma imzoladi. U yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

FCF Como



2012-yil sentabr oyida Vitanza Italiyaga qaytib keldi va Italiya A seriyasining 2012/2013-yilgi mavsumida (ayollar futboli) FCF Como bilan shartnoma imzoladi. U himoyachi sifatida oʻynadi.

Linkoln Ladies FC



2013-yil iyul oyida Catiana Lady Imps Linkoln Ladies FC roʻyxatidan joy oldi, ammo shartnoma boʻyicha kelishuvga erisha olmagach, Catiana Los-Anjelesga qaytdi.

Houston Dash



2014-yil mart oyida Catiana NWSLning Houston Dash jamoasiga mavsumoldi lageriga qoʻshildi, ammo toʻpigʻidan olgan jarohati tufayli lagerni tark etdi va davolanish uchun Los-Anjelesga qaytdi.

Santa Clarita Blue Heat va LA Hotspur FC



2014-yilning may oyida jarohatdan holi deb eʼlon qilinganidan soʻng, u USL W-League va WPSL ning ikkita yarim professional jamoasi, Santa Clarita Blue Heat va LA Hotspur FC bilan shartnoma tuzdi.

Shaxsiy hayoti



Vitanzaning singlisi Arikka Vitanza bor, u ham professional futbolchi. Ular ŽFK Mašinac, Torres Calcio, Ajax America va FCF Como kabi katta klublarda birga oʻynashgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz