Catherine Hickland
Catherine Hickland (1956-yil 11-fevralda tugʻilgan)- amerikalik kino, sahna va televidenie aktrisasi, shuningdek, qoʻshiqchi, kosmetika kompaniyasining bosh direktori. U televideniyedagi karerasini 1978-yilda boshlagan, 1980—1981-yillarda Texas serialida ishtirok etgan. U, shuningdek, "The Last Married Couple in America" (1980) komediya filmida „ Ghost Town“ (1988) va „ Witchery“ (1988) dahshatli filmlarida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.
Yoshligi
Hickland Florida shtatining Fort-Lauderdeyl shahrida tugʻilgan. Onasi Meri Hickland otasi Artur stomatolog edi. Uning bir akasi va bir singlisi bor. Hickland 1974-yilda Fort-Loderdeyl oʻrta maktabini tamomlagan. U Florida Atlantika Universitetiga oʻqishga kirdi. Ikki yildan soʻng National Airlines aviakompaniyasida styuardessa boʻlib ishlay boshlagan. Olti oydan soʻng u aviakompaniya uchun reklama roligida sutlratga tushgan. Keyin aktyorlik mahoratini oʻrganish uchun Los-Anjelesga joʻnadi.
Faoliyati
Hicklandning asosiy rollari 1980-yildan 1981-yilgacha Texas filmida doktor Kortni Marshall roli, 1984-yildan 1987-yilgacha Kapitoliy filmida Juli Klegg McKendles roli va 1985-yildan 1986-yilgacha Jenni Diamond rollari boʻlgan.
Boʻlajak turmush oʻrtogʻi Devid Xasselxof bilan unashtirilganida, u oʻzining " Knight Rider " serialida Stefani „Stivi“ Meyson rolini oʻynadi. U Serialning uchta qismida suratga tushgan: „White Bird“ (1983-yil 4-mart), „Let I Be Me“ (1984-yil 13-may) va „Thr Scent of Roses“ (1986-yil 3-yanvar). 1985-yilda Hickland „Body Language“ oʻyin shousining 15-qismida ishtirok etgan.
Hiklandning birinchi kitobi, The 30 Day Heartbreak Cure- A Guide to Getting Over Him and Back Out There One Month From Today was published 2008-yil dekabr oyida Saymon va Shuster tomonidan nashr etilgan. Uning 2014-yil dekabr oyida chop etilgan ikkinchi kitobi Fern Underwood va Lindsay Xarrison bilan yozilgan " Cat & Fernʼs Excellent God Adventure: Daily Inspirations for 365 Days of Heaven on Earth „ deb nomlangan.
2008-yildan beri Hiklend gipnozchi sifatida faoliyat yuritadi.
Shaxsiy hayoti
Hiklandning birinchi marta 1981-yil 10-oktabrda Florida shtatining Fort-Loderdeyl shahrida Richard Ernest Noultonga turmushga chiqgan. Ular 1982-yil 23-martda ajrashishgan (manbalarda yillar farqlanadi). 1984-yil 24-martdan 1989-yil 1-martgacha u Devid Xasselxoff bilan yashagan. 1992-yil 27-iyun kuni Hikland “All My Children " seriali yulduzi Maykl E. Naytga turmushga chiqdi u bilan 2006-yilda ajrashgan. Bu nikoh tugaganidan soʻng, Hicjkland 2012-yil 22-dekabrda prodyuser Todd Fisherga turmushga chiqdi. Er-xotinning Las-Vegasda uyi va Kaliforniyada ranchosi bor.
Hikland oʻzini xristian diniga eʼtiqod qiladi.
Filmografiyasi
Televideniye
Manbalar
uz.wikipedia.org