Carlos Riolfo
Ur
Carlos Riolfo Secco (ispancha: Carlos Riolfo Secco) — urugvaylik futbolchi, yarim himoyachi.1905-yil 5-noyabrda Urugvay poytaxti Montevideo shahrida tavallud topgan.Onasi tomodan sharifi Secco boʻlgan.Uning ajdodlari Italiyaning Genuya shahridan boʻlishgan.Carlosning oʻzi esa Argentina pasportiga ham ega boʻlgan.
Tarjimai holi
Klub miqyosida Karlos Riolfo Montevideoning „Penyarol“ futbol klubida oʻynadi.Klub bilan uchta 1926,1928,1929-yillarda Urugvay chempionatida gʻalaba qozongan.Professional futbolchilik faoliyatining dastlabki yillarida Argentina chempionatining „Estudiantes“ futbol jamoasida toʻp surdi.Argentina klubida 43 ta oʻyinda maydonga tushgan.Karlos Riolfo professional futboldagi soʻnggi mavsumini Italiyaning „Palermo“ klubi tarkibida oʻtkazdi.Biroq bir yil davomida u umuman A Seriya oʻyinlarida maydonga tushmadi.
Riolfo 1930-yilda Urugvay terma jamoasi tarkibida vatani Urugvayda tashkillashtirilgan Futbol boʻyicha jahon chempionatida jahon chempioni boʻldi.Karlos Riolfo jahon chempionatida qatnashuvchi Urugvay milliy terma jamoasi futbolchilari qaydnomasi kiritilgan, ammo maydonga tushmagan.U asosiy tarkibdagi jamoadoshlarining Peru milliy terma jamoasi,Ruminiya milliy terma jamoasi,Yugoslaviya milliy terma jamoasi va finalda Argentina milliy terma jamoalariga qarshi oʻyinlardagi gʻalabalarini zahira oʻrindigʻida qulay fursat kelishini kutib kuzatdi.Lekin terma jamoa qaydnomasida boʻlganligi sababli musobaqa oltin medallariga ega chiqib jahon chempioni boʻldi.Urugvay milliy terma jamoasi tarkibida 2 bor maydonga tushgan.Bu oʻyinlar 1928-yil Argentina nilliy terma jamoasiga qarshi baxslar edi.1978-yil 5-dekabrda Urugvayning Montevideo shahrida 73 yoshida vafot etdi.
Yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org