Carleton Universiteti
Carleton universiteti (Ottava, Ontario) Kanadada joylashgan ingliz tilidagi davlat tadqiqot universitetidir.
Tarixi
1942-yilda Karleton kolleji sifatida tashkil etilgan muassasa dastlab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga xizmat ko‘rsatish uchun xususiy, nodavlat kechki kollej sifatida faoliyat yuritgan. Carleton 1952-yilda viloyat hukumati tomonidan Carleton universiteti qonuni orqali universitet sifatida tashkil etilgan, keyin esa 1957-yilda uning nomi oʻzgartirilgan va universitetga hozirgi nomi berilgan. Universitet hozirda tarqatib yuborilgan Karleton okrugi uchun nomlangan boʻlib, universitet tashkil etilgan paytda okrug Ottava shahrini oʻz ichiga olgan. Oʻz navbatida Carleton okrugi 1786-yildan 1796-yilgacha Kanada general-gubernatori boʻlgan 1-baron Dorchester Gay Carleton sharafiga nomlangan.
Universitet kompusi
Universitet 1959-yilda hozirgi kampusiga koʻchib oʻtdi, 1960-yillarda Ontario hukumati oʻrta taʼlimdan keyingi taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlashni oshirib, oliy taʼlim olish imkoniyatini kengaytirganligi sababli oʻqish hajmi tez oʻsib bordi.
Universiet maʼmuriyati turli xil oʻquv dasturlarini taklif qiladi. Carletonda oltita fakultet va 65 dan ortiq yoʻnalishlar tashkil etilgan. U oʻz sohalarida taniqli boʻlgan bir qancha ixtisoslashgan muassasalarga ega, jumladan Artur Kroeger jamoatchilik bilan aloqalar kolleji, Karleton jurnalistika maktabi, davlat siyosati va boshqaruv maktabi va Sprott biznes maktabi.
Bugungi holati
2021-yil holatiga koʻra, Carleton har yili 27,000 dan ortiq bakalavr va 4,000 magistratura talabalarini oʻqiydi. Carletonning 150 akrlik kampusi Old Ottava janubining gʻarbiy qismida, The Glebe va Confederation Heights yaqinida joylashgan. Shimoldan Rido kanali va Dou koʻli, janubdan Rido daryosi bilan chegaralangan. Carleton butun dunyo boʻylab 165 000 dan ortiq bitiruvchilarga ega. Carleton universitetida shuningdek, 6 ta Rodos stipendiyasi, 40 ta Qirollik jamiyati aʼzolari, 26 ta Kanada ordeni sovrindorlari, 19 ta Banting Postdoctoral Fellowship mukofoti egalari, 10 ta Milliy Killam mukofoti laureatlari tahsil olgan.
Universitet 28 ta Kanada tadqiqot kafedra rahbari, 150 Kanada kafedrasi amaliyotchilari, 13 IEEE stipendiyasi sohiblari va 10 ta 3M Milliy oʻqitish mukofoti gʻoliblarini ish bilan taʼminlaydi.
Sport ligasidagi ishtirok
Karleton universiteti Sports ligasida Carleton Ravens jamoasi sifatida ishtirok etadi. Carleton Ravens erkaklar basketbol jamoasi bilan mashhur. Mazkur jamoa 2003-yildan beri 19 ta milliy chempionatning 16 tasida gʻalaba qozongan.
Manbalar
uz.wikipedia.org