Carl Corazzini
Carl Robert Corazzini (talaffuzi: Karl Robert Korazzini) (1979-yil 21-aprelda tugʻilgan) — 2001 va 2011-yillar oraligʻida Milliy xokkey ligasi, Amerika xokkey ligasi, ECHL va Shvetsiya va Germaniyadagi xokkey klublarida oʻynagan amerikalik sobiq professional xokkeychi. Carl Corazzini NHLda „Boston Bruins“ va „Chicago Blackhawks“ xokkey klublari safida bilan 19 ta oʻyin oʻtkazdi.
Oʻyin faoliyati
Yoshligida Carl Corazzini 1993-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Boston Braves“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Oʻrta maktabda Carl Corazzini Massachusetts shtatining Needham shahridagi Saint Sebastian maktabidagi xokkey jamoasida oʻynagan. Kollejda u Boston universiteti xokkey jamoasi safida faoliyat olib borgan.
2001-yil 8-avgustda Carl Corazzini „Boston Bruins“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi. Carl Corazzini birinchi NHL golini „Boston Bruins“ xokkey klubi safida „New York Rangers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi. 2006-yil 16-iyulda Corazzini „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2007—2008-yilgi mavsum oldidan Carl Corazzini „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
2007—2008-yilgi mavsumda „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi safida harakat qilganidan soʻng, Corazzini 2008-yil 15-iyulda „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.
Murabbiylik faoliyati
Carl Corazzini hozirda ISL ligasi Eberhart divizionidagi St. Mark maktabida bosh murabbiy sifatida faoliyatr olib bormoqda.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Manbalar
uz.wikipedia.org