CANVA
Canva bu grafik dizayn platformasi boʻlib, odamlar undan SMM, posterlar, taqdimotlar, hujjatlar va boshqa vizual ishlarni yaratishda foydalanishadi. Saytda tayyor dizayn qoliplari mavjud. Platformani ishlatish bepul boʻlib, qoʻshimcha imkoniyatlarni taqdim qiluvchi pullik obunalar — Canva Pro and Canva for Enterprise ham mavjud.
2020-yil iyunida, Canva 60 million avstraliya dollari miqdoridagi investitsiya jalb qilib, bozordagi narxini 6 milliard Avstraliya dollariga yetkazib oldi. Bu 2019-yilgi platformaning narxidan 2 barobar koʻproqdir.
Tarixi
Canva Avstraliyaning Perth shahrida Melanie Perkins, Cliff Obrecht va Cameron Adamslar tomonidan 2013-yilning 1-yanvarida ishga tushirilgan. Faoliyatining ilk-yilida, Canva foydalanuvchilar soni 750,000 taga yetadi. 2014-yil aprelida, ijtimoiy tarmoqlar va texnologiyalar boʻyicha ekspert Guy Kawasaki kompaniyaga brendni tanituvchi (Brand Promoter) sifatida qoʻshiladi. 2015-yilda, marketing materiallariga koʻproq eʼtibor berilgan Canva for Work servisi ishga tushadi.
2016-2017-yillar oraligʻida, Canvaning daromadi 6.8 million Avstraliya dollaridan 23.5 million Avstraliya dollariga yetib, 3.3 million Avstraliya dollariga teng zarar bilan chiqdi. 2017-yilda kompaniya rentabellikka erishdi va oʻsha payt platforma 294000 toʻlovchi mijozlarga ega edi.
2018-yil yanvar oyida Perkins kompaniya Sequoia Capital, Blackbird Ventures va Felicis Ventures kompaniyalaridan 40 million Avstraliya dollari miqdoridagi investitsiya jalb qilinib, kompaniya 1 milliard Avstraliya dollariga baholanganini eʼlon qildi..
2019-yil may oyida General Catalyst va Bond va uning mavjud sarmoyadorlari Blackbird Ventures va Felicis Ventures kompaniyalari orqali Canvaga 70 million Avstraliya dollari investitsiya kiritilib, kompaniya bahosi 2.5 milliard Avstraliya dollariga yetdi.
2019-yil oktabr oyida kompaniya qoʻshimcha 85 million Avstraliya dollar investitsiya jalb qilib, bozordagi uning narxi 3.2 milliard Avstraliya dollarini tashkil qilganini va yirik korparatsiyalar uchun servis ishga tushganini eʼlon qildi.
2019-yil dekabr oyida, Canva oʻquvchilar va oʻqituvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni osonlashtirish uchun moʻljallangan maktablar va boshqa taʼlim muassasalari uchun bepul taqdim etiluvchi Canva for Education servisini ishga tushirdi.
2020-yil iyun oyida, Canva FedEx Office bilan, keyingi oy esa Office Depot bilan hamkorlik qilishni boshlaganini eʼlon qildi. 2020-yil iyun holatiga koʻra, Canvaning bahosi 6 milliard Avstraliya dollariga yetdi.
Maʼlumotlarning sizishi
2019-yil may oyida,139 million Canva foydalanuvchi maʼlumotlari tarqalib ketadi. Chiqib ketgan maʼlumotlar foydalanuvchilarning haqiqiy ismlari, foydalanuvchi nomlari, manzillar va geografik maʼlumotlar va baʼzi foydalanuvchilarning parollaridan iborat edi. Canvaning tezda bunga qarshi koʻrgan chorasi olqishlangan boʻlsada, foydalanuvchilarga yuborilgan maʼlumotlar sizishi haqidagi email xatlari uchun tanqidga uchradi. Yuborilgan xatlar undan oldin joʻnatilgan marketing maqsadida foydalanilgan reklama emaillari ostida „koʻmilib“ ketgan.
Xarid qilishlar
2018-yilda, kompaniya prezintatsiyalar qismini rivojlantirish maqsadida Zeetings stratapini sotib oldi. Bitim qiymati oshkor qilinmagan.
2019-yil may oyida, Germaniyada joylashgan ikkita bepul fotosurat saytlari Pixabay va Pexels sotib olinganligini eʼlon qildi.
2021-yil fevral oyida, Canva Avstriyaning Kaleido.ai startapini va Chexiyada joylashgan Smartmockups kompaniyasini sotib oldi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org