Canelones Departamenti




Canelones departamenti (talaffuzi:kaneˈlones) Urugvayning 19 ta boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Maydoni 4,536 km², aholisi esa 518,154 kishidan iborat. Urugvayning janubida joylashgan ushbu departamentning poytaxti – Canelones shahridir.

Geografiyasi



Canelones departamenti sharqda Maldonado va Lavalleja, shimolda Florida, gʻarbda San-Xose va janubda Montevideo departamentlari bilan oʻzaro chegaralarga ega. Janubiy chegaraning bir qismi Rio de la Plata bilan ham tutashgan. Canelones Montevideodan keyin mamlakatning ikkinchi eng kichik departamenti, ammo aholi soni boʻyicha Urugvayda ikkinchi oʻrinda turadi.

Ushbu departament biroz namroq boʻlgan mintaqada joylashgan boʻlib, oʻrtacha harorat mamlakatning qolgan qismlariga nisbatan past (taxminan 15 °C). Yogʻingarchilik darajasi esa yiliga oʻrtacha 2000 mmni tashkil qiladi.

Tarixi



Canelones 1830-yilda tashkil etilgan dastlabki toʻqqizta departamentlardan biri. Hozirgacha uning chegaralari deyarli oʻzgarmadi. 

Iqtisodiyoti



Qishloq xoʻjaligi Canelones iqtisodiyotiga asosiy hissa qoʻshadigan sohalardan biridir. Uzum yetishtirish keng tarqalgan va bu hudud Urugvayning rivojlanayotgan vino sanoatiga katta hissa qoʻshmoqda. Bundan tashqari, boshoqli don ekinlari – asosan makkajoʻxori, turli xil meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Turizm ham departamentga katta daromad qiladigan sohalaridan biri hisoblanadi.

Aholisi



2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda Canelones departamentida 520,187 aholi va 222,193 xonadonlar mavjud boʻlgan. Uy xoʻjaliklari oʻrtacha kattaligi 2-3 kishidan iborat boʻlgan. Canelones departamentida 48,219 (9,3%) nafar qishloq aholisi borligi qayd etilgan.

Canelones departamenti uchun 2010-yildagi demografik maʼlumotlar:

Munitsipalitetlari



2010-yil 15-martda 18.653-sonli Ley qonuni bilan Canelones departamentida quyidagi munitsipalitetlar tashkil etildi:

Manba: Intendencia Municipal de Canelones.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz