Camila




Camila kuba-amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Camila Cabello tomonidan chiqarilgan studiyaviy albomdir. Albom xonandaning ilk albomidir. 2018-yil 12-yanvarda Epic Records va Syco studiyalari tomonidan chiqarilgan. Albom ustidagi ishlar 2017-yil yanvarida, Cabello Fifth Harmony nomli qizlardan iborat musiqiy guruhni tark etganidan keyin boshlangan. Albomning nomi dastlab The Hurting. The Healing. The Loving. boʻlib, yetakchi singli „Crying in the Club“ (Cabelloning yakkaxon artist sifatidagi ilk ashulasi) ashulasi boʻlishi reja qilingan. Keyinchalik, albom Camilaga oʻzgartirilib, „Havana“ ashulasi yetakchi singl boʻldi. „Havana“ umumjahon boʻylab muvaffaqiyat qozonib, Avstraliya, Braziliya, Kanada, Fransiya, Birlashgan Qirollik va AQSh kabi mamlakatlat musiqiy chartlarida choʻqqiga erishdi, yana koʻplab boshqa davlatlar chartlarida yuqori oʻntalikka kirdi. Bu singl pop ashula boʻlib, R&B, Latin, reggaeton, dancehall va hip hop unsurlarini oʻz ichiga oladi.

Treklar roʻyxati




Yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz