Cameron Coxe
Cameron Terry Coxe (1998-yil, 18-dekabrda tugʻilgan) — uelslik professional futbolchi, „Boreham Wood“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi, „Colchester United“ klubidan ijaraga olingan.
Yoshligi
Coxe Merthyr Tydfil shahrida tugʻilgan va Afon Taf oʻrta maktabida oʻqigan.
Klubdagi faoliyati
Cardiff City
Coxe oʻz faoliyatini Cardiff City klubida boshlagan, 2017-yilning fevralida oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolashdan oldin etti yoshida klubning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. U professional debyutini 2017-yilning 22-avgustida EFL kubogining ikkinchi bosqichida "Burton Albion" klubiga qarshi o‘yinda (2:1) o‘tkazdi. Ammo, Coxe kegingi ikki yil davomida asosiy jamoada maydonga tushmadi. U 2020-yil yanvar oyida yangi bosh murabbiy Neil Harris qoʻl ostida Angliya kubogining ikkita oʻyinida maydonga tushdi, ammo keyinchalik 2019-20-yilgi mavsum oxirida qoʻyib yuborildi.
Solihull Moors
2020-yil avgust oyida Coxe Milliy Liga jamoasi Solihull Moors bilan shartnoma imzoladi.
Colchester United (ijara) 2021-yilning 2-iyulida Coxe Ikkinchi liganing „Colchester United“ jamoasiga 2022-yilning yanvarigacha ijara asosida qo‘shildi. U 2021-yil, 7-avgustda „Colchester“ning „Carlisle United“ klubiga qarshi o‘yinida debyut qildi.
Colchester United
2022-yil, 7-yanvarda Coxe Colchester United bilan doimiy shartnoma imzoladi.
Boreham Wood (ijara) 2022-yil, 13-oktyabrda Coxe Milliy ligaga qaytdi va u qisqa muddatli ijara shartnomasi asosida Boreham Wood klubiga qoʻshildi.
Xalqaro faoliyati
Coxe 19 yoshgacha boʻlgan Uels yoshlar terma jamoasi safida oʻynagan. 2017-yil may oyida Coxe 2017-yilgi Tulon turniri uchun Uels U-20 terma jamoasiga kiritilgan. Kot -d’Ivuarga qarshi turnirning ochilish oʻyinida jamoa safida debyut qilganidan soʻng, Coxe Uelsning Fransiyaga qarshi ikkinchi guruh oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo Bahraynga qarshi guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Uels terma jamoasi musobaqadan chiqib ketganligi sababli maydonga tushmadi.
Coxe 2017-yilning 1-sentyabrida Shveysariya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan holda 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida debyut qilgandi. U 2018-yilning may oyida Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Uels terma jamoasining dastlabki kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan, ammo yakuniy roʻyhatga kira olmagan edi.
Faoliyat statistikasi
2022-yil, 4-oktabr holatiga ko'ra
Manbalar
uz.wikipedia.org