Calvin Klein




Calvin Klein Inc.  — 1968-yilda Nyu-Yorkda modelyer Calvin Klein va uning bolalikdagi doʻsti Barry Schwartz tomonidan tashkil etilgan Amerika modalar uyi. Brend jinsi shimlar, ichki kiyimlar, uniseks kiyimlar va aksessuarlar ishlab chiqaradi.

Calvin Klein brendi „PVH Corp“ kompaniyasi ostida yaratilgan boʻlib, 2003-yildan beri shu brendga egalik qiladi.

Tarixi



Calvin Klein, Ltd 1968-yilda Calvin Klein va uning bolalikdan birga ulgʻaygan doʻsti Barry Schvartz tomonidan Nyu-Yorkda tashkil etilgan. Dastlab atelye erkaklar ustki kiyimlari ishlab chiqargan boʻlsa, asta-sekin ayollar uchun ham liboslarni loyihalashga oʻtadi. 1970-yillarda klassik uslubdagi erkaklar kostyumi yaratish uslubi ayollar liboslarini yaratishda ham qoʻllanilgan. 1970-yilda taqdim etilgan ikki koʻkrakli, keng lappelli kalta qilib bichilgan palto nafaqat oʻsha mavsumning xitiga aylanadi, balki deyarli oʻn yil davomida ayollar ustki liboslari modasiga ham kuchli taʼsir koʻrsatadi. 1974-yilga kelib Calvin Klein aksessuarlar va moʻynali kiyimlar toʻplamini yaratishni ham yoʻlga qoʻydi.

1978-yilda Calvin Klein dunyoda birinchi boʻlib ayollar uchun ularning uzun oyoqlari va nozik sonlarini koʻrsatishga imkon beradigan „dizayner jinsi“ shimlarini ishga tushirdi va ularni sotuvga qoʻydi.

„Logomaniya“ endigina urf boʻla boshlagan oʻsha davrda jinsi shimlarning orqa choʻntagiga aniq koʻrinadigan qilib kompaniya logotipi tushirila boshlangan edi.

Kompaniyaning sotilishi
2003-yilda Calvin Klein oʻzining koʻylak ishlab chiqaruvchi kompaniyasini 430 million AQSH dollariga AQShdagi Phillips-Van Heusen korporatsiyasiga sotadi. PVH Corp raisi va bosh direktori Emanuel Chirico va SSSRdan Roman Plexov edi. Bugungi kunda Calvin Klein kompaniyasi 34,7 milliard dollarga baholanadi, shuningdek, kompaniya allaqachon dunyodagi eng boy modellashtirish brendiga aylanib ulgurgan.

2019-yil mart oyida Calvin Klein o‘zining tayyor liboslar kolleksiyalari ishlab chiqarishini toʻxtatishini, yaʼni Calvin Klein 205W39NYC brendini yopishini va bundan keyin brend moda haftaliklarida qatnashmasligi eʼlon qiladi.

Reklama kompaniyalari



Calvin Clein brendi oʻzining bahs va munozaralarga boy reklama kompaniyalari bilan mashhur.

Parfyumeriya



Calvin Klein brendi tominidan ishlab chiqarilgan birinchi atir 1981-yilda ishlab chiqarilgan. Brend ayollar va erkaklarga uchun maxsus versiyalarga ega boʻlgan bir qator „Eternity“(1983-yil), „Obsession“ (1985-yil), „Ventilation“ (1986-yil) xushboʻy hidlarini ishlab chiqaradi.

1986-yilda Coty korporatsiyasi Calvin Klein brendi ostida parfyumeriya ishlab chiqarish huquqini sotib oldi. Brend hammasi boʻlib, kamida 61 ta atirlar ishlab chiqaradi, jumladan: CK One, CK Be, CK Euphoria, CK Truth .

Tarmoqlar




Doʻkonlar



Amerika va Yevropa bozorlarini oʻzlashtirib boʻlgach, 1990-yillarda kompaniya faol ravishda sharqda ham doʻkonlar tarmogʻini kengaytira boshladi, Hong Kong, Jakarta, Quvaytda oʻz butiklarini ochadi. 2001-yilda Moskvadagi GUMda butik ochiladi, ammo brend butigi qisqa fursatlarda yopiladi. 2003-yil 27-martda Manejnaya maydonidagi „Oxotny Ryad“ savdo majmuasida brendning yangi doʻkoni paydo boʻladi va doʻkon brend tarmogʻining 37-doʻkoniga aylanadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz