California Gurls




California Gurls “ amerikalik xonanda Katy Perry hamda reper Snoop Dogg tomonidan hamkorlikda ijro etilgan qoʻshiqdir. Qoʻshiq Perryning Teenage Dream (2010) nomli uchinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq matnini Perry, Snoop Dogg, Bonnie McKee, Dr. Luke va Max Martin yozishgan. Perryning soʻzlariga koʻra, „California Gurls“ qoʻshigʻi Jay-Z va Alicia Keys hamkorlikda ijro etgan „Empire State of Mind“ (2009) qoʻshigʻi uchun javob qoʻshigʻidir.

„California Gurls“ ashulasi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Billboard Hot 100 chartida ketma-ket olti hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turgan. AQShdan tashqari, yana yetti mamlakat chartlarida ham birinchi pogʻonaga koʻtarilgan. 2010-yili Kanadada yilning eng savdosi chaqqon qoʻshigʻi deb topilgan. Bundan tashqari, toʻqqiz mamlakatda platina sertifikati bilan taqdirlangan.

Qoʻshiq uchun klip ham olingan boʻlib, unga Mathew Cullen rejissorlik qilgan. Klip 2010-yilning 15-iyunida omma eʼtiboriga havola etilgan. Klip voqealari „Candyfornia“ („Candy“ („Shirinlik“) va „California“ („Kaliforniya“) soʻzlari birlashmasi) nomli xayoliy shaharda boʻlib oʻtadi.

2010-yilning 2-dekabrida qoʻshiq „Eng yaxshi pop hamkorligi“ nominatsiyasida Grammy mukofoti bilan taqdirlangan.

Trek-list




Chartlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz