BYULLETEN
BYULLETEN (Fransuzcha bulletin — kichik yorliq, e’lon) — 1) rasmiy hujjat, qaror, ko’rsatmalar va shu kabilar to’plami; 2) keng jamoatchilik uchun muhim bo’lgan voqea, hodisa haqidagi e’lon (masalan, urush harakatlari, yirik davlat arbobining sihat salomatligi to’g’risida va hokazolar); 3) muayyan bir masalaga oid nashrlarning nomi (masalan, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “byulleten”lari va boshqalar); 4) ma’lum shakldagi saylov varaqasi, unda deputatlikka nomzodi qo’yilgan shaxsning ismfamiliyasi, tug’ilgan yili va boshqa ba’zi asosiy ma’lumotlar ko’rsatiladi; 5) ishchi yoki xizmatchi mehnatga vaqtincha yaroqsiz bo’lganda tibbiyot muassasalari tomonidan beriladigan kasallik haqidagi hujjat.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz