BYUKENEN (BUCHANAN) JEYMS (1791.23.4, Mersersberg, Pensilvaniya shtati—1868.1.6, Uitlend, hozirgi Lankaster, Pensilvaniya shtati) — AQShning 15-prezidenti. Demokratlar partiyasidan (1857-61). 1845-49-yillarda davlat kotibi, 1846-48 yillardagi Amerika-Meksika bosqinchilik urushi tashabbuskorlaridan biri. AQShning Janubdagi quldorlarning kuchayishiga imkon bergan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish