Byuffon Jorj Lui Leklerk




Georges-Louis Leclerc (talaffuzi: Jorj-Lui Leklerk) yoki shunchaki
Buffon (talaffuzi: Byuffon) (1707-yil 7-sentabr, Montbard — 1788-yil 16-mart, Parij) — fransuz tabiatshunosi. Fransiya akademiyasining aʼzosi (1753-yildan). 1739-yildan Parij Botanika bogʻining direktori. 36 jildli (1747—88) asosiy ilmiy asari „Tabiat tarixi“da oʻsimlik va hayvonot dunyosining birligi haqida fikr yuritadi. Buffon organizmlarni faqat sistemaga solibgina qolmasdan, yashab turgan muhit bilan birgalikda oʻrganish kerak, degan xulosa chiqardi. Geologiya sohasida yerning rivojlanish tarixi haqidagi nazariyani yaratdi („Yer nazariyasi“ asari nashr etilgan, 1749).

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz