BYUFFON



BYUFFON (Buffon) Jorj Lui Leklerk (1707.7.9, Monbar 1788.16.4, Parij) frantsuz tabiatshunosi. Frantsiya akademiyasining a’zosi (1753 yildan). 1739 yildan Parij Botanika bog’ining direktori. 36 jildli (1747-88) asosiy ilmiy asari “Tabiat tarixi”da o’simlik va hayvonot dunyosining birligi haqida fikr yuritadi. Byuffon organizmlarni faqat sistemaga solibgina qolmasdan, yashab turgan muhit bilan birgalikda o’rganish kerak, degan xulosa chiqardi. Geologiya sohasida yerning rivojlanish tarixi haqidagi nazariyani yaratdi (“Yer nazariyasi” asari nashr etilgan, 1749).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz