BYUDJET REZERVLARI



BYUDJET REZERVLARI — davlat tadbirlarini uzluksiz ravishda mablag’ bilan ta’minlash va kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun davlat byudjetida hosil qilinadigan fondlar. Byudjet rezervlari tabiiy ofatlar natijasida davlat mulkiga yetgan zarar o’rnini qoplash, shuningdek tasodifiy hollar tufayli yuzaga kelgan xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlash (bu jihatdan Byudjet rezervlari sug’urta fondining bir turi bo’lib xizmat qiladi), xalqxo’jaligi rejasi va byudjetni ijro etish jarayonida paydo bo’ladigan qo’shimcha xarajatlarga sarflash, byudjetga daromadlarning tushish muddati o’rtasida muqobillik ro’y berganda mavjud mablag’lardagi vaktinchalik uzilishga chek qo’yish uchun mo’ljallanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz