Byudjet indeksi




Byudjet indeksi — aholining ayrim toifalari isteʼmol toʻplami (isteʼmol savati)ga kiradigan muayyan isteʼmol tovarlari narxi va xizmatlar tariflaridagi oʻzgarishlarni tavsiflaydigan indeks. Tovarlar narxi va xizmatlar tarifi oʻsishi bilan boglik boʻlgan asosiy isteʼmol harajatlarini, bozor qiymatidagi oʻzgarishlarni aks ettiradi. Byudjet indeksi aholi isteʼmol qiladigan muayyan tovarlarga va koʻrsatilgan xizmatlarga sarflangan ayni davrdagi harajatlarni oʻtgan (bazis) davrdagi harajatlarga nisbatan qanday oʻzgarganligini koʻrsatadi. Byudjet indeksi aholi farovonligini baholashda eng muhim koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz