Byron Howard




Byorn P. Howard (1968-yil 26-dekabrda tugʻilgan) – amerikalik animator, qahramonlar dizayneri, hikoyanavis, rejissyor, prodyuser va ssenarist. U Walt Disney Animation Studiosning Bolt (2008), Tangled (2010), Zootopia (2016) va Encanto (2021) multfilmlari rejissyori sifatida tanilgan. U Zootopia va Encanto multfilmlari ikki marta eng yaxshi animatsion multfilm uchun Oskarni qoʻlga kiritgan birinchi LGBT tarafdori boʻlgan rejissiyorlardan biri hisoblanadi.

Hayoti



Byorn Howard Yaponiyaning Misawa shahrida tugʻilgan va Filadelfiya shahrida oʻrtahol oilada ulgʻaygan. U Washingtonning Evergreen State Collageda tahsil olgan.

Karyerasi



Howard Disneydagi faoliyatini Disney MGM(Metro-Goldwyn-Mayer) Studios-da ekskursiyalarda gid sifatida ishlashdan boshlagan. Howard Disneyda ishlashni orzu qilgan va u ulgʻayganida Disneyning animatorlaridan biri boʻlgan Frank Thomasga xat yozgan edi. Tez orada u Disney Studio-da oʻz stajirovkasini boshladi va 1994-yilda ishga qabul qilindi, Pocahontas, Mulan, Lilo & Stitch va Brother Bear kabi multfilmlarda animator sifatida ishladi. U 2003-yilda Brother Bear multfilmdagi qahramonlar personaji uchun Ennie mukofotiga nomzod boʻlgan.

Howard rejissyorlik qilgan birinchi multfilm Disney animatsion multfilmi Bolt boʻlib, 2008-yilda eng yaxshi animatsion multfilm nominatsiyasida Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan. Howard Chris Williams bilan birga multfilm rejissyori sifatida personaj dizayni va animatsiyasiga eʼtibor qaratdi. Howard Disneyning „Tangled“ (2010, Nathan Greno bilan hamkorlikda) va Zootopia (2016, Rich Moore bilan hamkorlikda) animatsion multfilmlariga rejissyorlik qildi. U va Greno, shuningdek, „Tangled Ever After“ animatsion qisqa metrajli multfilmiga rejissyorlik qilishdi, unda "Tangled" filmining oxiri aks ettirilgan va Sohibjamol va Maxluq multfilmining 2012-yilda 3D-lashtirilishidan oldin kinoteatrlarda namoyish etilgan.

Zootopiadan keyin Howard Lin-Manuel Miranda bilan Encantoda ustida ishladi. Howard filmga Zootopia rejissyori Jared Bush va Charise Castro Smith bilan birga rejissyorlik qilgan, Miranda esa sehrli kolumbiyalik oiladan boʻlgan, oʻzi sehrdan mahrum boʻlgan qiz personaji uchun qoʻshiqlar yozgan.

2009-yilda Howard „Kino sanʼati va fanlari akademiyasi“ning aʼzosi boʻldi.

Multfilmdagi ishtiroklari




Qisqa multfilmlari

Mukofotlari




Tashqi havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz