BYORNXEM
BYORNXEM, Byornem (Burnham) Jeyms (1905.22.11, Chikago 1987) amerikalik sotsiolog, boshqaruv inqilobi nazariyasining mualliflaridan biri. Nyuyork universiteti professor (1929-53). Byornxem fikricha, hozirgi dunyoda tashkilotchilar (oliy muhandislar, ma’murlar va boshqaruvchilar)dan iborat yangi hukmron sinf yuzaga kelmoqdaki, u butun jamiyat manfaatlari yo’lida boshqaruv ishlarini amalga oshira oladi. Byornxem o’z asarlarida marksizm va sotsializmni tanqid qilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz