BYOLL
BYOLL (Boll) Genrix (1917.21.12 Kyoln—1985.16.7)—nemis yozuvchisi. Ijodi fashizmga qarshi va ijtimoiy-tanqidiy mavzuga moyil: “Qayerda eding, Odam ato” (1951), “bir og’iz ham so’z demay” (1953), “to’qqiz yarimdagi bilyard o’yini” (1959), “xonim va atrofidagilar portreti” (1971) va boshqa romanlari ruhiy tahlilining chuqurligi, ko’tarilgan masalalarning o’tkir va jiddiyligi, insonparvarlik ruhi bilan ajralib turadi. “Katarina Blyumning yo’qolgan iffati…”(1974), “Reyn sohilidagi ayollar” (1985) kabi siyosiy romanlar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1972).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz