BYD Seagull




BYD Seagull  — Xitoyning yirik avto ishlab chiqaruvchisi boʻlmish BYD Auto tomonidan ishlab chiqariluvchi B-segmentiga mansub elektromobil. Ushbu avtomobil 2023-yil aprel oyida Shanxay avtosalon koʻrgazmasida namoyish etilgan.

Sotuvlar



Avtomobilning Shanxay avtosalonidagi taqdimotidan soʻng, 24 soat ichida ushbu avtomobilni sotib olish uchun oldindan 10 000 dan ortiq buyurtma kelib tushadi. Ishlab chiqaruvchi ushbu modelni pozitsiyalariga koʻra 10200 $ dan to 12 400 $ gacha taklif qilgan. Bu model BYDning 2023-yildagi eng arzon modeli hisoblanadi. BYD 2023-yilning may oyidan bu elektromobildan 23 005 dona sotgan boʻlsa, iyun oyida esa savdo hajmi 60% ga oshib 128 196 ta donani tashkil qilgan. Bu miqdor BYD kompaniyasi tomonidan sotilgan elektromobillarni 18% ni tashkil qilgan.

TK



BYD Seagull eldktromobili 3.0 elektron platformasi asosida ishlab chiqarilgan. 5 eshikli 4 oʻrindiqli model, Ocean seriyasiga kiradi. Elektromobilning uzunligi 3780 mm, kengligi 1715 mm va balandligi 1540 mm, gʻildirak bazasi esa 2500 mmni tashkil qiladi.

Galireya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz