BYD
BYD Co. Ltd. (Xitoycha: 比亚迪股份有限公司) – ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida roʻyxatga olingan Xitoy koʻp tarmoqli ishlab chiqarish kompaniyasi. Bosh qarorgohi Xitoyning Guandun provinsiyasidagi Shenjen shahrida joylashgan. 1995-yil fevral oyida Van Chuanfu tomonidan asos solingan kompaniyaning BYD Auto va BYD Electronic kabi ikkita yirik shoʻba korxonasi mavjud. BYD kompaniyasi avtomobillar, avtobuslar, elektr velosipedlar, yuk mashinalari, yuk koʻtaruvchi mashinalar, quyosh panellari va qayta zaryadlanuvchi batareyalar ishlab chiqaradi.
BYD avtomobillar (ayniqsa, toʻliq elektr va gibrid avtomobillar, avtobuslar, yuk mashinalari va boshqalar), akkumulyatorli velosipedlar, yuk koʻtaruvchi mashinalar, quyosh panellari va qayta zaryadlanuvchi batareyalar (mobil telefon batareyalari, elektr avtomobil akkumulyatorlari va qayta tiklanadigan energiya) ishlab chiqaradagian yirik kompaniyaga aylangan.
Tarixi
Kompaniyaga 1995-yil fevral oyida asos solingan va 2002-yil 31-iyul da Gonkong fond birjasida roʻyxatdan oʻtgan, BYD Co Ltd Yaponiya importiga qarshi Xitoy bozoridagi qayta zaryadlanuvchi batareyalar ishlab chiqaruvchi raqobatbardosh zavod sifatida ish boshlagan.
2022-yilda BYD dunyodagi eng koʻp elektr transport vositalarini sotish boʻyicha Teslaʼdan oʻzib ketdi. Bu koʻrsatkich 2022-yilning birinchi olti oyida sotilgan 300 000 dan ortiq plaginli gibrid avtomobillarni oʻz ichiga olgan BYD savdo koʻrsatkichlariga asoslanadi.
Shoʻba korxonalari
Kompaniyaning bir qator shoʻba korxonalari bor, jumladan, BYD Auto. Quyida toʻliq boʻlmagan roʻyxat keltirilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org