BXOTIYA



BXOTIYA — xalq, Butanning asosiy aholisi (1 million kishi, 1991). Nepalda (90 ming kishiga yaqin), Hindistonda (90 ming kishiga yaqin) ham yashaydilar. Xitoytibet oilasiga kiruvchi tilda gaplashadi. Dindorlari asosan budda diniga, Hindistondagilari hinduizmga e’tiqod qilishadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz