Bxopal




Bhopal shahri Hindistonning Madhya Pradesh shtatining maʼmuriy markazidir. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 2,7 mln dan ziyod kishi (2011). Ogʻir sanoat uskunalari ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik, jumladan ip-gazlama va qishloq xoʻjalik mahsulotlari qayta ishlash sanoati koronalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan (zargarlik buyumlari, gazlama boʻyash va boshqalar). Yirik savdo markazi. Universitet va institutlari bor.

Shahar 1984-yil dekabrida sodir boʻlgan Bhopal falokati tufayli xalqaro eʼtiborga tushdi. Oʻshanda Union Carbide India Limited kompaniyasining pestitsid ishlab chiqaruvchi zavodidan tarkibida metilizotsianat boʻlgan zaharli gazlar chiqib, yaqin-atrofda yashovchi aholini halok qildi. Bu voqea jahondagi eng katta falokatlardan biridir. Shu yuzdan Bhopal butundunyo atrof-muhitchilarining eʼtiroz kampaniyalari markazlaridan biri boʻlib kelmoqda.

Manbalar




Havolalar




Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz